Beyza Sürmen "Ertalalar Qorong‘u Zulmat" PDF
Kichikligimda eshitgan qurol tovushlarini bosib yuborish uchun qo‘shiqlar aytardim, keyin ovozimni o‘chirishdi, qurol tovushlarini baland qilishdi. Men ham ovozimni qurol qildim va o‘sha qurolni hech qachon jim qilmadim. Eng katta orzum, ayni paytda eng katta qo‘rqinchim edi ovozim, buni ko‘rsatish hayotimdagi eng katta xatoim bo‘ldi va hayotimga zomin bo‘ldi. Keyin o‘rgandim; agar qo‘rquvingni doim ko‘z oldingda tutsang, bir muddatdan keyin qo‘rquvga ham o‘rganib qolasan. Odamning o‘zini yetarli his qilmasligi ruhiy juftini topa olmagani uchundir deyishadi. Mening ruhiy juftim meni topishga juda kechikdi, chunki ruhim parcha-parcha. Yara yurakda ochiladi, lekin og‘rig‘ini ongimiz tortadi. Yara yurakda ochiladi va bitadi, lekin ongda davom etadi. Menga bir kecha payti, oy soyasi dengizdek ustimizga yakamoz tushirganda: “Hali ham qonayotganini ko‘ryapman,” deganding. Men ham oyg‘a qaragandim senga o‘xshab, yakamoz yuzingga qanday yarashganini ko‘rishni xohlamagandim, chunki aqlimni yo‘qotadigan darajada go‘zal eding. Yuzingga qaramay: “Har bir yara bir joygacha qonaydi,” degandim. Salvor, malham degani edi, lekin qonayotgan yaraga malham yordam bermasdi.
Sharhlar 0
Bir sharh yozish