Joseph Conrad Josus - PDF
Josusning paydo bo‘lishi: Bir yozuvchining mavzusi, bu mavzuni qay tarzda yoritishi, badiiy maqsadi va uni yozishga undagan boshqa omillar – bularning barchasining manbai, menimcha, muallifning ongida va his-tuyg‘ularida ma’lum bir davrda paydo bo‘lgan reaksiyalarda ko‘rinadi. Haqiqat shuki, men bu kitobni ko‘p o‘ylamasdan, birdan yozishni boshladim va umuman tanaffus qilmasdan yozib chiqdim. Vaqti kelib, kitob muqovalab, o‘quvchi oldiga chiqqanida, bunday kitob yozganim uchun tanqid qilinganligimni ko‘rdim. Ba’zi tanqidlar juda qattiq edi, ba’zilarida esa xuddi afsuslanganlik ohangi bor edi. Yozilganlar hozir oldimda emas, lekin umumiy va aniq fikrni juda yaxshi eslayman; bundan tashqari, qanday qilib shunday xulosaga kelishganiga juda hayron bo‘lganim ham esimda. Bularning barchasi menga hozir juda uzoqdagi bir voqea bo‘lib tuyuladi! Lekin aslida bo‘lganlar unchalik ham eski emas. Bundan quyidagi xulosaga kelishim kerak: Ko‘rinadiki, 1907-yilda men hanuz boshlang‘ich soddaligimdan deyarli hech narsa yo‘qotmagan ekanman. Endi qarasam, hatto sodda odam ham, roman voqealari kechadigan muhitning qashshoqligi va axloqiy jihatdan jirkanchligi tufayli ayrim tanqidlarga nishon bo‘lishini o‘sha paytdan sezishi mumkin edi. Bu, albatta, e’tiborga olinmaydigan tanqid emas. Lekin hamma ham bir xil fikrda emasdi. Aslida, romanim haqida aqlli tarzda yozilgan ko‘plab ijobiy baholar bo‘lgan bir paytda, faqat juda oz sonli salbiy maqolalarni eslash nojo‘ya bo‘lib tuyuladi. Ishonamanki, ushbu so‘zni o‘qiyotganlar buni darrov mening ranjigan g‘ururimga yoki shaxsiyatimdagi tabiiy noshukurlikka yo‘ymaydilar. Bag‘rikeng odamlar bu tanlovimni tabiiy kamtarlik sifatida ham qabul qilishlari mumkin. Lekin fikrlarimni izohlash uchun salbiy tanqidlarni tanlashim, unchalik ham kamtarlikdan emas. Yo‘q, unchalik emas; men kamtar ekanligimga ishonchim komil emas, lekin shu vaqtgacha kitoblarimni o‘qiganlar, men boshqalarning gaplari bilan maqtanmaydigan darajada halol, aql-idrokli va odobli inson ekanligimni tan olishadi.
Joseph Conrad Josus - PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.
Qo'llab-quvvat bering
Sharhlar 0
Bir sharh yozish