Ozbekchauz
Mir.az » Kitoblar » Paulo Coelho "G‘olib Yolg‘iz" PDF

Paulo Coelho "G‘olib Yolg‘iz" PDF

Paulo Coelho "G‘olib Yolg‘iz" PDF
  • Baholash: 18
  • Sharhlar: 0
Ommaboplik 94% 94%


Diqqatni jalb qiladiganlar
Ey onaning qorniga gunohsiz tushgan Maryam Onamiz, senga sig‘ingan bizlardan duolaringni ayamagin. Omin. Iso shogirdlariga shunday dedi: "Shuning uchun sizga aytaman: ‘Nima yeymiz?’ deb jonlaringiz uchun, ‘Nima kiyamiz?’ deb tanangiz uchun tashvish chekmang. Jon ovqatdan, tana kiyimdan muhimroqdir. Qarg‘alarga qarang! Ular na ekadi, na o‘radi; na omborlari, na sandiqlari bor. Xudo baribir ularni to‘ydiradi. Siz qushlardan ancha qimmatroqsiz! Qaysi biringiz tashvish chekib, umrini bir lahzaga uzaytira oladi? Bu kichik ishga ham kuchingiz yetmasa, boshqa masalalarda nega tashvishlanasiz? Lolaning qanday o‘sishini qarang! Ular na ishlaydi, na ip yig‘iradi. Lekin sizga aytaman, butun shon-shuhratiga qaramay Sulaymon ham ulardan biri kabi kiyinmagan edi..." Luqo 12: 22-27. Endi meni kaftingga olding, kim bo‘lishingdan qat’iy nazar, Hammasi behuda ketadi, biror narsa yetishmasa, Ochig‘ini aytaman, menga ko‘proq bosim o‘tkazishdan oldin, O‘sha o‘ylagan odaming emasman, butunlay boshqa odamman. Kim mening yo‘limdan yurishga jur’at etadi? Kim do‘stligim va muhabbatimga talpinadi? Yo‘l shubhali, natija noma’lum, balki halokatli. Tashlab ketishing kerak bo‘lgan yana nima bo‘lsa, faqat men sening yagona mezoning bo‘lishimni umid qilaman, Shogirdlik davring ham uzoq va mashaqqatli bo‘ladi o‘sha paytda, Butun hayot tarzidan va atrofingdagi hayotlarga moslashuvdan voz kechishing kerak bo‘ladi, Shuning uchun meni qo‘yib yubor, boshing ko‘proq baloga qolmasidan, qo‘lingni yelkamdan ol, Meni yerga qo‘y va o‘zingning yo‘lingga bor. Uolt Uitman, Maysalar Yaprog‘i. So‘zboshi, Kitoblarimdagi o‘zgarmas mavzulardan biri ham, orzular ortidan quvish uchun to‘lanadigan narxning ahamiyati bo‘lgan. Lekin orzularimizni qayergacha boshqarish mumkin? So‘nggi bir necha o‘n yillikda, shuhrat, boylik va kuchga ustunlik beradigan madaniyatda yashayapmiz. Ko‘pchiligimiz, parda ortidagi haqiqiy boshqaruvchilarning nomi noma’lum qolayotganini anglamasdan, faqat shu qadriyatlargina qadrlashga arziydi, deb ishontirildik.
Paulo Coelho "G‘olib Yolg‘iz" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.

Sharhlar 0

Bir sharh yozish
Hali hech qanday sharh yo'q, ammo birinchi sharhni siz yozishingiz mumkin!

Bir sharh yozish