Yusuf Dündar -
- Mualif:
- Ko'rinib: 247
- Yuklandi:
{lang_sleepTimer}
{lang_timeRemaining}
Har bir adabiy asar o‘sgan va ulg‘aygan jamiyatidan turli darajada izlar olib yuradi, xuddi muallifi kabi. Qanchalik boy hayotiy tajribalar mahsuli bo‘lmasin, so‘zlarga yo‘l ko‘rsatuvchi, ularni birlashtiruvchi muallif psixologiyasi baribir o‘zi yashayotgan jamiyat sharoitlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
Ammo muallif sun’iylikni anglab, barcha chegaralarni olib tashlagan, o‘z ijod olamida yashayotgan joyini faqat geografik hudud sifatida emas, balki butun olam deb ko‘ra olgan bo‘lsa, demak, uning qalamidan butun insoniyatga murojaat qiluvchi asarlar tug‘ilmoqda, deganidir.
O‘yinlarida mahalliy mavzuga umuminsoniy nuqtayi nazardan yondashib, o‘quvchilar (tomoshabinlar) uchun yangi ufqlar ochgan Yusuf Dündar “Quyosh Nuri Yozuviga Maktub” asarida ham kuchli va ta’sirli dramatik tuzilma ichida savol beradi: “Jinoyat nima? Unda jazo-chi? Yana, ‘Adolat! Adolat!’ deyishadi-ku, bu nimani anglatadi? Mutlaq adolat bormi yoki odamdan odamga o‘zgaradimi?”
Sharhlar 0
Bir sharh yozish