Ozbekchauz
Mir.az » Kitoblar » Albert Camus "Sisyphos Afsonasi" PDF

Albert Camus "Sisyphos Afsonasi" PDF

Albert Camus "Sisyphos Afsonasi" PDF
  • Baholash: 10
  • Sharhlar: 0
Ommaboplik 90% 90%


Diqqatni jalb qiladiganlar
Bu tarjimaning boshidan oxirigacha tez-tez uchraydigan “mos kelmaslik” so‘zi o‘quvchilarga biroz noaniq tuyulishi mumkinligi uchun kichik bir tushuntirish berish o‘rinli bo‘ladi. Bu so‘z, lug‘aviy ma’nosi “aqldan, mantiqdan yiroq, behuda, bema’ni, mazmunsiz” bo‘lgan “absurd” so‘zining o‘zbekchadagi muqobili sifatida ishlatilgan. Ammo Sisyphos Afsonasida “absurd” so‘zi bu ma’nodan kengroq bo‘lib, inson yoki tafakkur so‘zlariga nisbat berilganda, inson nuqtai nazaridan olganda, koinotning aql va mantiqqa zidligini, nomuvofiqligini anglagan, bor narsani qanday bo‘lsa shunday ko‘ra oladigan, ongli inson yoki tafakkurni bildiradi. Ruhim, abadiy hayot orqasidan quvma, imkoniyatlar sohasini tugatishga harakat qil. Pindar… Bu kitob, asrimizda tarqoq holda uchratishimiz mumkin bo‘lgan mos kelmaslik hissiyotini tahlil qiladi; zamonamizda chinakam tanilmagan mos kelmaslik falsafasini emas. Shu bois, bu sahifalarning ayrim zamonaviy fikrlarga nimalar qarzdor ekanini ko‘rsatib o‘tish asosiy halollik talabi hisoblanadi. Buni yashirish tashvishidan shu qadar yiroqman-ki, bu fikrlarning butun asar davomida tilga olinib, sharhlangani aniq ko‘rinadi. Lekin hozirgacha natija sifatida ko‘rilgan mos kelmaslik, ushbu esseda boshlang‘ich nuqta sifatida ko‘rilganini ham aytib o‘tish foydali bo‘ladi. Shu jihatdan, sharhim vaqtinchalik xarakterga ega deyish mumkin; keltirgan holat xolisdir. Bu yerda tafakkurning sof holatidagi iztirobi tasvirlangan, xolos. Hozircha hech qanday metafizika, hech qanday e’tiqod unga aralashmagan. Bu kitobning chegaralari va yagona qat’iy pozitsiyasi ham shulardan iborat.
Albert Camus "Sisyphos Afsonasi" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.

Sharhlar 0

Bir sharh yozish
Hali hech qanday sharh yo'q, ammo birinchi sharhni siz yozishingiz mumkin!

Bir sharh yozish