Mehmed Paksu — "Odamni halokatga olib boradigan so‘zlar" PDF
Ishongan odam har qanday masalada bo‘lgani kabi, iymon masalalarida ham og‘zidan chiqqan so‘zlarga e’tiborli bo‘lishi, iymonga zid so‘zlar bilan tilini bulg‘amasligi kerak. Kundalik hayotda tez-tez eshitadiganimiz, ba’zan esa o‘zimiz ham bilmay ishlatadigan, "odamni halokatga olib boradigan" shunday ko‘p so‘zlar borki: "Taqdir uyalsin", "Bu joy Alloh unutgan joy", "Sening bilan jannatga ham kirmayman", "Alloh kelsa ham seni qo‘limdan tortib ololmaydi!", "Folga ishonma, folsiz ham qolma", "Yolg‘onsiz ish bormi?", "Qur’on ursin!", "Zolim falak!", "Shariat yo‘qolsin!", "Oxiratga borib kelgan bormi?" — bu so‘zlar faqat ayrimlari xolos. Mehmed Paksu ushbu kitobda iymonga zid bo‘lgan, iymonga zarar yetkazadigan ba’zi so‘zlarni diqqat bilan ko‘rib chiqdi. Iymonni asrash yo‘lida katta yo‘qotishlarga olib keladigan bu so‘zlarni har bir musulmon ehtiyotkorlik bilan va zudlik bilan hayotidan chiqarib tashlashi lozim.
Mehmed Paksu — "Odamni halokatga olib boradigan so‘zlar" PDF
Kitobni faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar yuklab olishadi.
Qo'llab-quvvat bering
Sharhlar 0
Bir sharh yozish