Mehmed Paksu — "Odamni Jar Qiridan Qutqaradigan So‘zlar" PDF
Amal va ish deganda, ko‘pchilik odamlarning xayoliga qo‘llari bilan qilgan ishlari keladi. Ikki lab orasidan chiqib ketgan so‘zlar esa, ko‘pincha amal toifasidan hisoblanmaydi. Holbuki, odamni mo‘min qiladigan ham, uni iymon doirasidan tashqarida qoldiradigan ham, oxir-oqibatda, til bo‘ladi.
Til, bu dunyo hayotida oxirat eshigiga o‘xshaydi; to‘g‘ri ishlatilsa, jannatga ochiladigan, noto‘g‘ri ishlatilsa, do‘zaxga olib boradigan eshik...
Odamni Jar Qiridan Qutqaradigan So‘zlar, bu boradagi oyatlar va hadislar nurida, tilning bizni do‘zax deb ataladigan eng katta jardan qutqarish imkoniyatiga e’tibor qaratadi.
Odamni Jarga Olib Boradigan So‘zlar bilan bizni ‘til balolari’ haqida ham ogohlantirgan Mehmed Paksuning qalamidan, bizni tavba, harakat va umidga undaydigan kitob qo‘lingizda…
Sharhlar 0
Bir sharh yozish