Mehmed Paksu — "Sunnatga Ko‘ra Kundalik Hayot Jild: I" PDF
“Ayting: Agar sizlar rostdan ham Allohni sevsangiz, menga ergashingiz, shunda Alloh ham sizlarni sevadi va gunohlaringizni kechiradi.” (Oli Imron, 3:31.)
Allohning suyukli bandasi bo‘lish va musulmonchalik hayot kechirish uchun eng go‘zal namuna — Rasululloh alayhissalomdir. U zot yashaganidek yashash imonimiz va bandaligimizning talabidir. Xo‘sh, Rasulullohning sunnatini tartibli ravishda qanday o‘rganamiz? Ana shu kitob sunnatni o‘rganishni va hayotiga tatbiq etishni istagan har bir kishiga shunday imkoniyat beradi. Sevgili Payg‘ambarimizning kundalik hayoti qanday bo‘lgan, Islomni qanday yashagan, odamlarga qanday muomala qilgan; ibodati, bandaligi, oilaviy hayoti, o‘tirib-turishi, ovqatlanishi, savdo-sotiqlari, nozikligi, nafisligi qanday bo‘lgan? Mana bu xushxabarni doimo eslab yuraylik:
“Kim mening sunnatimni yashasa va uni tirik qilsa, demak, meni sevgan bo‘ladi. Meni sevgan esa jannatda men bilan birga bo‘ladi.” (Termiziy, Ilm 16.)
Sharhlar 0
Bir sharh yozish